Yonilg‘i narxi oshishi global aviakompaniyalarni xavotirga solmoqda

eʼlon qilindi
AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlari fonida
Yonilg‘i narxi oshishi global aviakompaniyalarni xavotirga solmoqda / Foto: Pexels.com

Dunyo bo‘ylab aviakompaniyalar yonilg‘i narxining keskin oshishi sababli xarajatlarning ko‘payishi va chiptalar narxining o‘sishidan xavotirda. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Delta Air Lines kompaniyasi bosh direktori Ed Bastianning aytishicha, mart oyining o‘zida yonilg‘i narxi tufayli kompaniya xarajatlari $400 mln dollarga oshdi. American Airlines’da ham birinchi chorak xarajatlarining $400 mlnga ko‘tarilishi kutilmoqda. Air France-KLM kompaniyasi esa uzoq masofali reyslar narxini oshirishni rejalashtirmoqda.

Skandinaviya aviakompaniyalaridan SAS AB yonilg‘i narxi keskin oshgani sababli ba’zi reyslarni qisqartirdi. Yevropada narxlar ikki barobar, Osiyoda esa deyarli 80 foizga oshgan. Bu aviatsiya sohasida tartibsizlikka olib keldi. Ko‘plab reyslar bekor qilinmoqda, qayta rejalashtirilmoqda yoki yo‘nalishlari o‘zgartirilmoqda. Misol uchun, Frankfurt aeroportida urushning ilk ikki haftasida 86 ming yo‘lovchi reysi bekor qilingan.

Yonilg‘i aviatsiya sohasidagi ikkinchi eng katta xarajat bo‘lib, odatda umumiy xarajatlarning 20 – 25 foizini tashkil qiladi. Shu sababli aviakompaniyalar xarajatlarni qoplash uchun chiptalar narxini oshirmoqda. Tahlillarga ko‘ra, urushdan kelib chiqqan xarajatlarning oshishi global aviatsiya sanoatiga COVID-19 pandemiyasidan keyingi eng katta zarba bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT urush davom etsa, ochlikdan aziyat chekayotganlar soni rekord darajaga yetishi mumkinligi haqida yozgan edik.

Shuningdek