«Afrosiyob» yangi yo‘nalishdagi qatnovni yo‘lga qo‘yadi

eʼlon qilindi
2026-yil 27-martdan boshlab
«Afrosiyob» yangi yo‘nalishdagi qatnovni yo‘lga qo‘yadi / Foto: Transport vazirligi

2026-yil 27-martdan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdlari yangi yo‘nalishda qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, poyezdlar haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari Toshkent – Shahrisabz – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadi. Chiptalarni rasmiy savdo kassalari hamda onlayn platformalar orqali xarid qilish mumkin.

Jadvalga muvofiq, «Toshkent – Shahrisabz» yo‘nalishida poyezd Toshkent shahridan soat 06:33 da jo‘naydi. «Shahrisabz – Toshkent» yo‘nalishida esa poyezd Shahrisabz shahridan soat 16:24 da harakatlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navro‘z munosabati bilan «Afrosiyob» qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘yilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek