Bugun barcha xodimlar ishni 1 soat oldin yakunlaydi

eʼlon qilindi
20-mart — Ramazon hayiti dam olish kuni etib belgilanganligi sababli
Foto: Getty Images

20-mart — Ramazon hayiti dam olish kuni etib belgilanganligi sababli, bugun, ya’ni 19-mart kuni xodimlar ishni odatdagidan 1 soat oldin tugatish huquqiga ega. Bu haqda Mehnat qonunchiligida keltirilgan.

Uga ko‘ra, bayram arafasida ish kuni barcha xodimlar uchun qisqartiriladi. Xususan, Mehnat kodeksining 187-moddasida bayramdan oldingi kun ish vaqti kamida 1 soatga kamaytirilishi belgilangan.

Biroq ayrim uzluksiz faoliyat yurituvchi tashkilotlarda ish vaqtini qisqartirish imkoni bo‘lmasligi mumkin. Bunday holatlarda ortiqcha ishlangan vaqt uchun xodimlarga qo‘shimcha dam beriladi yoki ularning roziligi bilan qo‘shimcha ish haqi to‘lanadi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonliklar Ramazon hayiti va Navro‘z munosabati bilan necha kun dam olishi haqida yozgandi.

Shuningdek