Dollar 12 200 so‘mga yaqinlashdi: 24-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
19-martda dollar 49,84 so‘mga oshib, 12 178,85 so‘mni tashkil etdi
Foto: depositphotos

24-mart uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 13,21 so‘mga oshib, 12 192,06 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

13-martdan 16-martga qadar dollarda faqat tushish qayd etildi. Xususan, 13-martda 33,37 so‘mga tushib, 12 102,39 so‘mni va 16-mart kuni yana 20,76 so‘mga tushib, 12 081,63 so‘mni qayd etdi. 17-martdan 19-martga qadar o‘sish qayd etildi. Asosan, 17-mart kuni dollar 9,59 so‘mga oshib, 12 091,22 so‘mni, 18-martda 37,79 so‘mga oshib, 12 129,01 so‘mni va 19-martda 49,84 so‘mga oshib, 12 178,85 so‘mni tashkil etdi. 

Oxirgi besh kunlikdagi o‘zgarish

Grafik Chat GPT yordamida tayyorlandi / Kursiv Uzbekistan

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 56,7 so‘mga tushib, 13 996,48 so‘mni, rubl esa 3,54 so‘mga tushib, 143,00 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.

Shuningdek