«Dyuna: Uchinchi qism» filmining treyleri namoyish etildi — video

eʼlon qilindi
Kartina 2026-yilning 18-dekabrida ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan
Foto: News9live

Rejissyor Denis Vilnyov tomonidan suratga olingan «Dyuna: Uchinchi qism» (Dune: Part Three) filmining ilk treyleri namoyish etildi. Yangi qismda Timoti Shalame va Zendaya yana asosiy rollarga qaytgan.

Dune: Part Three | Official Teaser Trailer

Frenk Gerbertning 1969-yilda nashr etilgan «Dyuna: Masih» asariga asoslangan so‘nggi qism voqealari ikkinchi filmdan 17 yil o‘tib sodir bo‘ladi. Treylerda kosmik kemalar jangi va Robert Pattinson gavdalantirgan yangi yovuz qahramon Skayteyl ko‘rinish bergan. Shuningdek, filmda Jeyson Momoa hamda Anya Teylor-Joy ham ishtirok etmoqda.

Foto: Den of Geek

«Agar birinchi film izlanish, ikkinchisi urush haqida bo‘lsa, bu qismi trillerdir. U jangovar sahnalarga boy va keskin», — dedi rejissyor Denis Vilnyov.

Foto: Variety

Filmning asosiy mavzusi Pol Atreydesning haddan ziyod hokimiyatga ega bo‘lishi oqibatlari bilan kurashishiga qaratilgan. Ma’lumot o‘rnida, 2021-yilda namoyish etilgan birinchi «Dyuna» filmi pandemiya davriga qaramay butun dunyo bo‘ylab $402 mln ishlab topgan va 6 ta «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritgan. 2024-yil mart oyida chiqqan ikkinchi qism esa $715 mln daromad keltirib, yilning eng kassabop filmlaridan biriga aylangan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Oskar – 2026» mukofoti g‘oliblari e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek