Facebook daromadni oshiruvchi dasturni ishga tushirdi

eʼlon qilindi
Daromadlarni yaxshiroq tushuntiruvchi yangi o‘lchovlar ham joriy qilindi
Facebook daromadni oshiruvchi dasturni ishga tushirdi / Foto: Metalife

Facebook kontenmeykerlarning daromad olish imkoniyatini oshirishga mo‘ljallangan yangi dastur — «Creator Fast Track»ni ishga tushirdi. Bu haqda Tech Crunch nashri ma’lum qildi.

Dastur boshqa platformalarda obunachilar orttirgan kontentmeykerlarni Facebook’da postlar joylashtirishga jalb qilishga qaratilgan. Unda qatnashganlar tegishli Reels’larini ko‘proq foydalanuvchilarga yetkazish orqali obnachilar sonini tezroq oshirish imkoniga ega bo‘ladi va uch oy davomida kafolatlangan to‘lov oladi.

Dastur uchun yangi eksklyuziv kontent yaratish shart emas, avvalgi eng yaxshi ishlar ham shartlarga muvofiq joylashtirilishi mumkin. Yillik $10 mingdan ortiq daromad oladigan kontentmeykerlar soni yil sayin 30 foizga oshgan. O‘tgan yili to‘langan jami summaning 60 foizi Reels’larga, qolgan qismi Stories, fotosuratlar va matnli postlarga ketgan.

Facebook kontentmeykerlarga daromadlarini yaxshiroq tushunish uchun yangi o‘lchovlarni joriy qilmoqda. «Qualified views» — monetizatsiyaga mos keladigan ko‘rishlar sonini, «earnings rate» — 1 ming mos keladigan ko‘rish uchun taxminiy daromadni, «non-qualified views» esa nima uchun ba’zi ko‘rishlar hisobga olinmasligini ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun, 2025-yilda kompaniya monetizatsiya dasturlari orqali kontentmeykerlarga deyarli $3 mlrd to‘lagan, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 35% ko‘p.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq YouTube platformasi reklama ortidan 40 milliard dollardan ko‘proq daromad olgani haqida yozgan edik.

Shuningdek