
Toshkent shahrida yaqinda ochilgan Islom sivilizatsiyasi markaziga ziyorat qiluvchi fuqarolar uchun kirish narxlari ma’lum qilindi.
O‘zbekiston fuqarolari uchun guruhli ekskursiyalar narxi kattalar uchun 60 ming so‘m, bolalar (7 – 17 yosh) uchun 25 ming so‘m, 7 yoshgacha bolalar uchun esa bepul. Individual tashriflar kattalar uchun 120 ming so‘m, bolalar uchun 50 ming so‘mni tashkil etadi.
Xorijiy mehmonlar uchun guruhli ekskursiyalar kattalar uchun $25 + $10 qo‘shimcha xizmatlar, bolalar uchun $20 (2 soat), individual tashriflar esa $45 narxda turadi.
Tezkor kirish (Fast Track) xizmati O‘zbekiston fuqarolari uchun 5 kishigacha 250 ming so‘m, xorijiy guruhlar uchun $100, individual premium tashriflar esa $150 (3 soat) narxida taqdim etiladi. Bolalar uchun Fast Track xizmati $30 ni tashkil etadi.
Kechki soatlarida narxlar talabga qarab o‘zgarishi mumkin. Ekskursiyalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida o‘tkaziladi.
Islom sivilizatsiyasi markazi manzilini ushbu havola orqali bilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimida ishtirok etgani va ochib bergani haqida yozgan edik.