Jahongir Otajonov Donald Trampni konsertiga taklif qildi — video

19-mart 2026 19:15 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Collage qilindi

O‘zbekistonlik xonanda Jahongir Otajonov yana ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu safar u AQSh prezidenti Donald Trampga ochiq murojaat qilib, uni o‘z konsertlaridan biriga taklif etdi.

Unga ko‘ra, xonanda aprel oyida Amerika Qo‘shma Shtatlari bo‘ylab gastrol safarini rejalashtirgan. U uchta yirik shaharda konsert berishni mo‘ljallagan bo‘lib, odatiy e’lon o‘rniga Trampni shaxsan mehmon sifatida ko‘rishni istashini bildirgan.

Bunday e’tiborni tortuvchi chiqishlar san’atkor uchun yangilik emas. U ilgari ham noodatiy bayonotlari va kutilmagan PR uslublari bilan tanilgan bo‘lib, bu yondashuv uning shou-biznesdagi obrazining ajralmas qismiga aylangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda Donald Trampni 102 qilgan fuqaro jarimaga tortilgani haqida yozgandi.

Shuningdek