Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida 400 ga yaqin shaxs avf etildi

eʼlon qilindi
Prezident farmoni bilan
Foto: Vladislav Shatilo / RBK

Prezident farmoni bilan qilmishidan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan 392 nafar shaxs afv etildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Afv etilganlarning 223 nafari jazodan to‘liq ozod qilindi. 82 nafari muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi. 34 nafar shaxsning jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Yana 53 nafarining jazo muddati qisqartirildi.

Ular orasida 3 nafar chet el fuqarosi, 26 nafar ayol va 14 nafar 60 yoshdan oshgan erkaklar bor. Shuningdek, 166 nafari yoshlar hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq MMA jangchisi Shahzod Goldga (Shahzod Uzoqov) 3,5 yil qamoq jazosi tayinlangani haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, 2025-yil noyabr oyida Olmazor tumani sudi Uzoqov va uning sherigini bezorilikda aybdor deb topib, ularga 3,5 yildan 4 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi bergan edi.

Shuningdek