O‘zbekiston virtual raqamlari sotuvi bo‘yicha rasmiy izoh berildi

eʼlon qilindi
Tarqalgan xabarlar yuzasidan
Endi to‘lov qilinmagan raqam 1 yilgacha bekor qilinmaydi
O‘zbekiston virtual raqamlari sotuvi bo‘yicha rasmiy izoh berildi / Foto: Facebook

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston virtual raqamlari xalqaro va norasmiy onlayn-servislarda sotilayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqatildi. Raqamli texnologiyalar vazirligi holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Unga ko‘ra, ushbu xabarda keltirilgan skrinshotlar https://smsfast.com norasmiy onlayn-servisidan olingan bo‘lib, mazkur servisda O‘zbekiston raqamlari bilan bir qatorda AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, BAA, Portugaliya, Vetnam va boshqa davlatlarning virtual raqamlari ham mavjud. Norasmiy servisdan olingan virtual raqamlar faqat bir martalik maxsus kod (OTP – one time password) orqali qisqa muddatga ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochtalar va boshqa elektron platformalarda ro‘yxatdan o‘tish uchun ishlatilishi mumkin.

Foto: Smsfast

Ta’kidlanishicha, ushbu virtual raqamlardan telefon raqami sifatida foydalanish yoki internet xizmatlaridan doimiy foydalana olish imkoni yo‘q. Shu bilan birga, fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlarini noqonuniy qo‘lga kiritish imkoniyati mavjud emas.

Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurash maqsadida barcha mobil aloqa operatorlari tarmoqlarida raqamlarni o‘zgartirish va soxtalashtirish holatlarini aniqlash hamda ularning oldini olish tizimi joriy etilgan va doimiy takomillashtirib borilmoqda.

Shuningdek, soxta raqamlar yordamida ijtimoiy tarmoq, elektron pochta va boshqa platformalarda akkauntlar yaratish global muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Shu sababli, fuqarolar nomiga ularning ishtirokisiz raqam rasmiylashtirishning oldini olish maqsadida Adliya vazirligi «Telekommunikatsiyalar xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari»ni ro‘yxatdan o‘tkazgan. Qoidaga ko‘ra, operator va abonent o‘rtasida shartnoma Face-ID yordamida tasdiqlash orqali tuziladi.

Bundan tashqari, fuqarolar my.gov.uz portalining «Mening raqamlarim» xizmatidan foydalanib, o‘z nomlariga rasmiylashtirilgan barcha mobil raqamlarni kuzatib borishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ILMA «O‘zbektelekom» aksiyalari bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan izoh bergan edi.

Shuningdek