
19-mart kuni soat 17:03:17 da Qirg‘iz Respublikasida zilzila yuz berdi. Zilzila magnitudasi 3,9 ballni tashkil etdi, deya xabar bermoqda Seysmoprognostik monitoring markazi.
Unga ko‘ra, zilzila episentri Botken shahrida joylashgan bo‘lib, uning chuqurligi 10 km.ni tashkil qilgan. Zilzila kuchi O‘zbekiston hududida ham sezildi. So‘x tumanida tabiiy ofatning sezilish kuchi 2 ball bo‘ldi.
Zilzila markazi Toshkent shahridan 262 km janubiy-sharqda joylashgan bo‘lib, episentrning koordinatalari 39,59 N kenglik va 71,39 E uzunlikda aniqlangan. Hodisa natijasida O‘zbekistonda jiddiy zarar yoki jabrlanuvchilar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda yuz bergan zilzila O‘zbekistonda sezilgan edi.