Shavkat Mirziyoyev mahalla tizimidagi bir qator xodimlarni mukofotladi

eʼlon qilindi
Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan
Foto: Daryo.uz

Bugun, 19-mart kuni qabul qilingan Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh faxriylar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Bu haqda prezident farmoni e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, mukofotlar mahalla tizimini rivojlantirish, jamiyatda hamjihatlikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lidagi xizmatlari uchun berildi.

Mukofotlanganlar ro‘yxati bilan batafsil havola orqali tanishish mumkin.

Avvalroq «Kursiv» nashri prezident O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabriklagani haqida yozgandi.

Shuningdek