
Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifi davomida Hazrati Hizr majmuasidagi birinchi prezident Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, prezident Imom Moturidiy majmuasida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Mazkur majmua Chokardiza qabristoni hududida qayta bunyod etilmoqda.

Hozirda 10,2 gektar hududda keng ko‘lamli ishlar davom etmoqda. Bu yerda 250 o‘rinli masjid, kutubxona, muzey va boshqa inshootlar qurilmoqda.
Shuningdek, qurilish jarayonida alloma Burhoniddin Marg‘inoniy dafn etilgan joy aniqlanib, bu yerda ham maqbara qurilmoqda.

Prezident majmua kelajakda musulmonlar uchun muhim ziyorat maskaniga aylanishini ta’kidladi. U yerda ziyoratchilar uchun qulay sharoit yaratish zarurligi qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Hayit namozi vaqtlari e’lon qilingandi.