XPeng tez zaryadlanadigan yirik SUV modelini ishlab chiqarishni boshladi

19-mart 2026 13:17 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
XPeng yirik SUV modelini ishlab chiqarishni boshadi
Foto: CNC

Xitoyning XPeng kompaniyasi yangi GX modelini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi. CarNewsChina’ga ko‘ra, bu 6 o‘rinli yirik SUV bo‘lib, unda Bosch’ning yangi steer-by-wire tizimi qo‘llanilgan. Ushbu tizim L4 darajadagi avtopilotni qo‘llab-quvvatlaydi.

Yangi model 500 ming yuan ($72 ming)dan arzon segmentda L4 texnologiyasi bilan chiqayotgan ilk avtomobillardan biri bo‘ldi.

GX ikkita elektromotor bilan jihozlangan to‘liq yuritma tizimiga ega. Umumiy quvvati 430 kVt, momenti 695 Nm ni tashkil etadi. Avtomobil 800V platformada ishlaydi va juda tez zaryadlanish imkoniyatini beradi.

Xpeng GX
Foto: CNC

Modelning yana bir muhim jihatidan biri old va orqa g‘ildiraklarda elektron boshqaruvli rul tizimi mavjud. Bu katta avtomobil bo‘lishiga qaramay, boshqaruvni ancha osonlashtiradi.

O‘lchamlari ham katta: uzunligi 5,2 metr, g‘ildirak bazasi 3,1 metr. Salon 6 o‘rinli bo‘lib, keng va qulay qilib yaratilgan. Standart holatda 22 dyuymli g‘ildiraklar o‘rnatiladi.

XPeng GX premium SUV segmentida Li Auto L9, Aito M9 va Zeekr 9X kabi modellarga raqobatchi bo‘ladi. Yangi model 2026-yil aprel yoki may oylarida bozorga chiqishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xpeng G6 elektromobili taqdim etilgandi. Yangi krossover Xitoy bozorida $27 ming narxda sotuvga chiqdi. Model kupe uslubidagi SUV bo‘lib, uzunligi 4 771 mmni tashkil etadi. Avtomobil 800 voltli elektr arxitekturasida qurilgan va tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek