Dollar hafta davomida qanday o‘zgardi

eʼlon qilindi
Dollar narxi hafta davomida 97,22 so‘mga oshdi
Bir haftada dollar qariyb 76 so‘mga arzonlashdi
Foto: Depositphotos

AQSh valyutasi hafta davomida turlicha o‘zgarishlarni ko‘rsatdi. Kursiv Uzbekistan maqolasida dollar hafta davomida qanday o‘zgargani haqida so‘z boradi.

16-mart, haftaning boshida dollar 20,76 so‘mga tushib, 12 081,63 so‘mni tashkil etdi. Shundan keyin 17-mart kunidan boshlab hafta oxirigacha AQSh valyutasida faqat o‘sish kuzatildi.

Xususan, 17-mart kuni 9,59 so‘mga oshib, 12 091,22 so‘mni, 18-martda 37,79 so‘mga oshib, 12 129,01 so‘mni va 19-mart kuni esa yana 49,84 so‘mga oshib, 12 178,85 so‘mni qayd etdi. Jami hisobda dollar narxi hafta davomida 97,22 so‘mga oshdi.

Valyuta birjasi saytidan ekran tasviri

Savdo hajmi qanchani tashkil etdi

Valyuta birjasining har kunlik e’lon qilingan hisobotlariga ko‘ra, hafta davomida jami 16,21 trln so‘mlik dollar savdosi amalga oshirildi.

Xaridlar hajmining jadvali:

KunSavdo hajmi (trln so‘m)
16-mart3,94
17-mart2,91
18-mart4,06
19-mart5,30
Jami16,21

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan avvalroq 24-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek