Kim Chen In qizi bilan dronlarga qarshi yangi tankni sinab ko‘rdi

eʼlon qilindi
Bu tanklar dron va raketa hujumlarini qaytara oladi
Kim Chen In yangi tankni qizi bilan birga sinovdan o‘tkazdi
Foto: Korean Central News Agency/Korea News Service/AP

Shimoliy Koreya yangi jangovar tanklarini taqdim etdi. Bloomberg’ga ko‘ra, bu tanklar dron va raketa hujumlarini qaytara oladi.

Davlat rahbari Kim Chen In harbiy mashg‘ulotlarni shaxsan kuzatdi. Unda tanklar hujum, bostirib kirish va mudofaa chiziqlarini egallash ssenariylari sinovdan o‘tkazildi.

Axborotga ko‘ra, tank barcha yo‘nalishlardan kelgan hujumlarni to‘liq to‘sishga qodir. Bu uning faol himoya tizimi samaradorligini ko‘rsatadi.

North Korea Shows Off New Tanks, Kim Jong Un and Daughter Ju Ae Attend Military Drill | APT

Taqdimot chog‘ida Kim Chen In tankda qizi bilan birga ko‘rindi. U so‘nggi paytlarda harbiy tadbirlarda tez-tez qatnashmoqda.

Janubiy Koreya razvedkasi qizni kelajakdagi yetakchi sifatida tayyorlanayotganini taxmin qilmoqda. Shuningdek, uning endi kuzatuvchi emas, balki yetakchi obrazini shakllantirayotganini aytmoqda.

Yangi tank yetti yil davomida ishlab chiqilgan. U mamlakatning asosiy jangovar texnikasiga aylanishi kutilmoqda.

So‘nggi yillarda Shimoliy Koreya harbiy salohiyatini faol kuchaytirmoqda. AQSh esa bu mamlakat zamonaviy urush tajribasini oshirib borayotganidan xavotir bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirgandi. Bu Pxenyan tomonidan so‘nggi ikki hafta ichida amalga oshirilgan ikkinchi raketa sinovidir. Birinchi sinov 22-oktabrda Janubiy Koreyada o‘tgan APEC sammiti arafasida o‘tkazilgandi.

Shuningdek