Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni Ramazon hayiti va Navro‘z ayyomi bilan qutladi

Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovga ham alohida tabrik yo‘lladi
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni Ramazon hayiti va Navro‘z ayyomi bilan qutladi
Rasm: prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-mart kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat boshida yetakchilar bir-birini Ramazon hayiti va Navro‘z ayyomi bilan samimiy qutladi. Ular ikki xalqga tinchlik, farovonlik va taraqqiyot tiladi.

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovga ham alohida tabrik yo‘lladi.

Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik mustahkamlanayotganini qayd etdi. So‘nggi paytda o‘zaro savdo hajmi barqaror oshmoqda.

«Shovot–Toshhovuz» savdo zonasi ishga tushgani savdo aloqalarini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Yuk tashishlar ham, ayniqsa Turkmanboshi yo‘nalishida ortib bormoqda.

Energetika, sanoat, suv xo‘jaligi va transport sohalarida hamkorlik kengaymoqda. Shuningdek, parlamentlar, hududlar va biznes vakillari o‘rtasidagi aloqalar kuchaymoqda.

Yetakchilar Yaqin Sharq va Janubiy Osiyodagi vaziyatni ham muhokama qildi. Ular muammolarni faqat siyosiy va diplomatik yo‘l bilan hal qilish muhimligini ta’kidladi.

Suhbat yakunida joriy yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron O‘zbekistonga insonparvarlik yordami uchun minnatdorchilik bildirgandi.