Avto

Yangi Chevrolet Spark EUV narxi arzonlashdi

Meksikada
Yangi Chevrolet Spark EUV narxi arzonlashdi
Foto: GM Authority

General Motors Meksikada 2026-yilgi Chevrolet Spark EUV elektromobilining narxini pasaytirdi. GM Authority yozishicha, bu qaror Xitoy brendlari bilan kuchli raqobat fonida qabul qilingan.

Endi model narxi 419 900 peso ($23,6 ming) etib belgilandi. Bu avvalgi 449 900 peso ($25,3 ming)ga nisbatan 30 ming peso ($1,7 ming)ga arzon.

Foto: GM Authority

Yangi narx bilan Spark EUV segmentdagi eng arzon elektromobil krossoverlardan biriga aylandi. U BYD Dolphin Mini va Geely EX2 bilan bir qatorda turadi.

Kompaniya vakillariga ko‘ra, bu model to‘liq elektr avtomobil bo‘lib, haydovchilarga yangi qulay tajriba beradi. Yonilg‘i quyish shoxobchalariga ehtiyoj yo‘q va shovqinsiz harakat imkoniyati mavjud.

Foto: GM Authority

Spark EUV Xitoydagi SAIC-GM-Wuling zavodida ishlab chiqariladi va Meksikaga import qilinadi. Model mamlakatda Activ komplektatsiyasida sotilmoqda.

Narxning pasayishi model savdosini oshirish va bozor ulushini kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Foto: GM Authority

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chevrolet Tracker saloni yangilanishi ma’lum qilingandi. Xususan, interyer ergonomikasini yaxshilash rejalashtirilmoqda, ammo aniq tafsilotlar hozircha oshkor qilinmagan.