Endi Chevrolet modellari Hyundai platformasida ishlab chiqariladi

eʼlon qilindi
Janubiy Amerika bozori uchun yaratilayotgan yangi modellarda Hyundai kompaniyasining yangilangan K2 platformasi qo‘llaniladi
GM и Hyundai объединятся для выпуска нового Chevrolet на базе K2
Foto: GM Authority

General Motors va Hyundai hamkorligida ishlab chiqilayotgan Chevroletʼning yangi avlod ixcham modellari haqida ilk texnik tafsilotlar ma’lum boʻldi. Bu haqda GM Authority nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Janubiy Amerika bozori uchun yaratilayotgan yangi modellarda Hyundai kompaniyasining yangilangan K2 platformasi qoʻllaniladi. Ushbu platforma asosida uch turdagi avtomobil ishlab chiqiladi: krossover, sedan va kichik pikap.

Ikki kompaniya qoʻshma bayonotida toʻrtta model ishlab chiqilishi rejalashtirilgani aytilgan. Ular orasida ixcham SUV, yengil avtomobil va pikap mavjud. Platforma ishlab chiqilishiga Hyundai yetakchilik qiladi. Shu bilan birga, har bir brend oʻziga xos dizayn va salon yechimlarini saqlab qoladi.

Yangilangan K2 platformasi zamonaviy talablarga moslashtirilgan. U elektrlashtirilgan dvigatellarni qoʻllab-quvvatlaydi, haydovchiga yordam beruvchi tizimlar va ilgʻor texnologiyalarni integratsiya qilish imkonini beradi. Ushbu arxitektura ilk bor 2027-yilgi Hyundai i20 modelida qoʻllanilishi kutilmoqda.

Yangi platformaga oʻtish Chevrolet uchun muhim bosqich hisoblanadi. Kompaniya hozirgacha rivojlanayotgan bozorlar uchun moʻljallangan GEM platformasidan foydalangan. Endilikda esa global texnik asosga oʻtish orqali avtomobillar sifati va qulayligini sezilarli darajada oshirish rejalashtirilmoqda.

Yangi oilaga kiruvchi dastlabki modellarning 2028-yilda bozorga chiqishi rejalashtirilgan. Ular yangilangan Chevrolet Onix, Tracker va Montana sifatida taqdim etiladi. Modellar Hyundai analoglari bilan umumiy texnik asosga ega boʻladi, biroq tashqi koʻrinish, interyer va multimedia tizimlari toʻliq Chevrolet uslubida ishlab chiqiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Hyundai 68 mingdan ortiq avtomobillarini chaqirib olinishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek