Eron Hormuz boʻgʻozi orqali oʻtish uchun toʻlov joriy qildi — manba

eʼlon qilindi
Kamida bitta tanker tranzit uchun qariyb $2 mln toʻlanadi
Foto: TASS

Eron Hormuz boʻgʻozi orqali oʻtuvchi kemalar uchun toʻlov joriy etdi va tasdiqlangan tashuvchilar uchun «xavfsiz dengiz yoʻlagi»ni ishga tushirdi. Bu haqda Lloydʼs List nashri xabar berdi.

Manbaga koʻra, kamida bitta tanker tranzit uchun qariyb $2 mln toʻlanadi. Ushbu sxema orqali hozirgi kunga qadar kamida toʻqqizta kema oʻtgan. Biroq ularning barchasi toʻlov qilganmi yoki yoʻq, bu aniq emas. Ayrim holatlarda diplomatik yoʻl bilan masala hal etilgani aytilmoqda.

«Xavfsiz yoʻlak» Eron hududiy suvlaridan, Larak oroli yaqinidan oʻtadi. Bu yerda Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi dengiz kuchlari va port xizmatlari kemalarni vizual tekshiruvdan oʻtkazadi. Yoʻlakdan foydalanish uchun avvaldan Tehron bilan kelishuv talab etiladi.

Hozircha ruxsatnomalar individual tarzda berilmoqda. Yaqin kunlarda esa rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish tizimi ishga tushirilishi kutilmoqda. Hindiston, Pokiston, Iroq, Malayziya va Xitoy kabi davlatlar allaqachon Eron bilan muzokara olib bormoqda.

Ruxsat olish uchun tashuvchilar kema egaligi va yuk manzili haqidagi ma’lumotlarni oldindan taqdim etadi. Bu ma’lumotlar Eron bilan aloqador vositachilar orqali yuboriladi. Tizim, asosan, AQSh yoki Isroil bilan bogʻliq boʻlmagan kemalarga moʻljallangan.

Shunga qaramay, boʻgʻoz orqali harakat hali ham keskin kamaygan. 15 – 17-mart kunlari atigi 15 ta oʻtish qayd etilgan, ularning qariyb 90 foizi Eron bilan bogʻliq kemalarga toʻgʻri kelgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Donald Tramp Hormuz boʻgʻozini ochish uchun davlatlarni harbiy kemalar yuborishga chaqirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek