
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro mart oyidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Toshkentda bo‘lib o‘tadigan FIFA Series xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etish uchun jami 26 nafar futbolchi yig‘inga chaqirildi. Turnirda O‘zbekiston terma jamoasi Trinidad va Tobago, Gabon hamda Venesuela jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Darvozabonlar: O‘tkir Yusupov («Navbahor»), Abduvohid Ne’matov («Nasaf»), Botirali Ergashev («Neftchi»).
Himoyachilar: Rustam Ashurmatov («Istiqlol», Eron), Umar Eshmurodov («Nasaf»), Abduqodir Husanov («Manchester Siti», Angliya), Muhammadrasul Abdumajidov, Hojiakbar Alijonov, Sherzod Nasrullayev, Muhammadqodir Hamraliyev («Paxtakor»), Behruz Karimov («Surxon»), Jahongir O‘rozov («Dinamo»), Farrux Sayfiyev («Neftchi»).
Yarim himoyachilar: Umarali Rahmonaliyev («Sabah», Ozarbayjon), Ibrohim Ibragimov, Dostonbek Hamdamov, Akmal Mozgovoy («Paxtakor»), Alisher Odilov, Jamshid Iskanderov («Neftchi»), Otabek Shukurov («Baniyas», BAA), Azizjon G‘aniyev («Al Bataeh», BAA), Oston O‘runov («Persepolis», Eron).
Hujumchilar: Eldor Shomurodov («Istanbul Bashakshehir»), Igor Sergeyev («Persepolis», Eron), Sherzod Temirov («Erbil», Iroq).

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston mezbonligidagi FIFA Series 2026 taqvimi e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.