
2026-yil yanvar – fevral oylarida 1 mln 81 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 49 ming nafarga oshgan. Hisobot davrida o‘zbekistonliklar eng ko‘p Qirg‘iz Respublikasiga borgan – 426 ming nafar. Keyingi o‘rinlarda Tojikiston 179 ming nafar va Qozog‘iston 166 ming nafar bilan qayd etilgan.
Saudiya Arabistoniga 115 ming nafar fuqaro tashrif buyurgan. Rossiyaga 62 ming nafar, Turkiyaga 34 ming nafar, BAAga esa 26 ming nafar o‘zbekistonlik safar qilgan.
Shuningdek, Tailandga 10 ming nafar, Xitoy va Misrga 8 ming nafardan ortiq fuqarolar borgan.
Avvalroq «Kursiv» 2025-yilda o‘zbekistonliklarning chet elda o‘qish safarlari 19 foizga kamaygani haqida xabar bergan edi.