Eronda 10 million riallik yangi banknota chiqarildi

eʼlon qilindi
Yangi banknotaning qiymati taxminan $7 mingga teng
Foto: Euronews

Eron hukumati moliyaviy bosim kuchaygan bir paytda tarixdagi eng yirik nominaldagi — 10 million riallik banknotani muomalaga kiritdi. Yangi pul birliklari banklar orqali aholiga tarqatilmoqda, deya xabar berdi Financial Times nashri.

Unga ko‘ra, bu qaror mamlakatda naqd pulga talab keskin ortgani bilan bog‘liq. Elektron to‘lov tizimlarida uzilishlar bo‘lishi mumkinligi haqidagi xavotirlar fonida fuqarolar naqd pulga ko‘proq murojaat qilmoqda.

Foto: Financial Times

Yangi banknotaning qiymati taxminan $7 mingga teng. Uning dizaynida tarixiy obidalar aks ettirilgan: old tomonida Yazd shahridagi qadimiy Jome masjidi, orqa tomonida esa Bam qal’asi tasviri joy olgan.

Shu bilan birga, banklar tomonidan naqd pul berish cheklangan miqdorda amalga oshirilayotgani aytilmoqda. Ayrim fuqarolar uzoq navbatlarga qaramay, yetarli mablag‘ olishda qiyinchilikka duch kelayotganini bildirgan.

Iqtisodiy vaziyat esa uzoq yillik sanksiyalar, yuqori inflyatsiya va milliy valyuta qadrsizlanishi fonida murakkablashgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda yillik inflyatsiya darajasi qariyb 47,5 foizni tashkil etmoqda, oziq-ovqat narxlari esa ikki baravardan ko‘proq oshgan.

Ma’lumot uchun, yangi kupyura joriy etilishidan avval eng yirik nominal 5 million rial bo‘lib, u yaqinda muomalaga chiqarilgandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eron Hormuz boʻgʻozi orqali oʻtish uchun toʻlov joriy qilgani haqida yozgandi.

Shuningdek