Hormuz bo‘g‘ozi 48 soat ichida ochilmasa, elektrostansiyalar yo‘q qilinadi — Tramp

eʼlon qilindi
Eron hukumati esa javob choralari sifatida AQShning mintaqadagi energetika va axborot infratuzilmasiga zarba berishini bildirgan
Трамп
Foto: Dominick Reuter/Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron hukumatiga Hormuz bo‘g‘ozini 48 soat ichida ochish talabini qo‘ydi. Agar Eron buni bajarmasa AQSh mamlakatdagi bir necha elektrostansiyalarni yo‘q qilishi mumkin. Bu haqda u Truth Social’dagi postida ma’lum qilgan.

Eron hukumati esa javob choralari sifatida AQShning mintaqadagi energetika va axborot infratuzilmasiga zarba berishini bildirgan.

Axios agentligi xabariga ko‘ra, Tramp jamoasi Eron bilan tinchlik muzokaralarini qanday olib borish bo‘yicha muhokamalar boshlagan. Muzokaralarning shartlariga Hormuz bo‘g‘ozini ochish, Eronning boyitilgan uran zaxiralari masalasini hal qilish, shuningdek, Eronning yadroviy dasturi, ballistik raketalar va mintaqadagi proksi kuchlarni nazorat qilish bo‘yicha kelishuv kiradi.

So‘nggi kunlarda AQSh va Eron orasida bevosita muloqot bo‘lmagan, ammo Misr, Qatar va Buyuk Britaniya ikki tomonning xabarlarini yetkazib kelgan. Eron xabar qilinishicha, muzokaralarga qiziqish bildirgan, lekin qat’iy shartlarda. Jumladan, Eron xohlayotgan asosiy shartlar: qurol ishlatmaslik kafolati, janglarni to‘xtatish va kompensatsiya to‘lanishi.

AQSh ma’murlari Eron bilan muzokara sharoitida quyidagi yetti talabni qo‘yishni rejalashtirmoqda:

  • keyingi besh yil ichida raketa dasturini to‘xtatish;
  • uran boyitishni to‘xtatish;
  • Natanz, Isfahan va Fordou yadroviy obyektlarini yopish;
  • Centrifuga va boshqa qurilmalarni nazorat qilish protokollarini kuchaytirish;
  • mintaqaviy qurol nazorati kelishuvi, raketa sonini mingdan oshirmaslik;
  • proksi kuchlarni, jumladan Hizbolla, Husitlar va HAMASni moliyalashtirishni taqiqlash.

Ammo Eron ba’zi talablarni rad etgan va muzokara davomida Trampning avval bombardimon operatsiyalarda ishtirok etgani sababli shubha bildirgan.

Shu bilan birga, AQSh Eronning muzlatilgan aktivlarini qaytarish masalasini ham muhokama qilmoqda. Kutilmoqda, Qatar muzokaralarda vositachi davlat bo‘lishi mumkin, lekin bosh vositachi sifatida emas.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eron Hormuz boʻgʻozi orqali oʻtish uchun toʻlov joriy qilgani haqida yozgandi.

Shuningdek