O‘zbekistonda Ramazon oyida 700 ming oilaga ijtimoiy yordam ko‘rsatildi

eʼlon qilindi
Ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng qamrovli dastur orqali
Foto: Xalqtaliminfo.uz

Ramazon oyi davomida O‘zbekistonda ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng qamrovli dastur amalga oshirildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu dastur orqali qariyb 700 ming oila moddiy ko‘mak bilan ta’minlandi. Mablag‘lar aniq ehtiyoj asosida yetkazilib, mart oyining boshiga kelib asosiy ishlar yakuniga yetkazilgan.

Dastur faqat moliyaviy yordam bilan cheklanib qolmadi. Uning doirasida og‘ir kasalliklarga chalingan fuqarolar uchun murakkab jarrohlik amaliyotlari moliyalashtirildi. Shu bilan birga, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalar aniqlanib, ularning xonadonlarini ta’mirlash ishlari ham boshlab yuborildi. Bu jarayonda uylarning xavfsizligi va energiya tejamkorligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Loyiha turli tashkilotlar hamkorligida amalga oshirildi. Xususan, Vaqf xayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda yordam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ehtiyojmand oilalar ro‘yxati esa ijtimoiy reyestr ma’lumotlari asosida shakllantirilib, yordam taqsimotining shaffofligi ta’minlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ramazon munosabati bilan ayrim oilalarga 1 million so‘m moddiy yordam berilishi haqida yozgandi.

Shuningdek