Yangiliklar

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 22-mart kuni yomg‘ir yog‘adi

Momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor
12-sentabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi
Foto: Sun’iy intellekt

Bugun, 22-mart kuni O‘zbekistonda ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kun davomida ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati hamda Farg‘ona vodiysi hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 7–12 m/s atrofida bo‘ladi. Havo harorati esa 20–25 daraja iliqni tashkil etadi.

Poytaxt, Toshkent shahrida ham vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi, harorat 22–24 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda esa ob-havo yanada beqaror: ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Baland tog‘larda yog‘ingarchilik qor bilan aralash bo‘lishi mumkin, tuman tushishi ehtimoli bor. Bu hududlarda harorat 7–12 daraja iliq bo‘ladi.

Avvalroq «Kursiv» nashri o‘zbekistonliklar eng ko‘p safar qilgan mamlakatlar ochiqlangani haqida yozgandi.