23-mart kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi

23-mart kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kunduzi ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim hududlarda momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 7-12 m/s atrofida bo‘ladi. Havo harorati esa 20-25 daraja iliqni tashkil etadi.
Toshkent shahrida ham kun davomida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 21-23 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda esa ob-havo yanada o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda esa yomg‘ir va qor aralash yog‘ingarchilik kuzatiladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sel va suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli bor. Shamol tezligi 7-12 m/s bo‘ladi. Harorat 5-10 daraja iliq atrofida saqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonning ayrim hududlarida 22-mart kuni yomg‘ir yog‘ishi haqida yozgan edi.