24-mart kuni O‘zbekistonda havo harorati 27 darajagacha issiq bo‘ladi

Bugun, 24-mart kuni mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchiliksiz, iliq ob-havo hukm suradi. Kunduzi havo harorati 22–27 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
Shamol tezligi 7–12 m/s ni tashkil etadi. Ayrim hududlarda, ayniqsa shimoliy va cho‘l zonalarida shamol kuchayib, 13–18 m/s gacha yetishi mumkin. Ba’zi joylarda chang-to‘zonlar ham kuzatilishi ehtimoli bor.
Poytaxtda ham kun asosan ochiq va quruq o‘tadi. Shamol nisbatan sust — 3–8 m/s atrofida bo‘ladi. Harorat esa 23–25 darajagacha ko‘tariladi.
Tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu yerda havo harorati 10–15 daraja oralig‘ida bo‘lib, shamol tezligi 7–12 m/s ni tashkil etadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2030-yilgacha havo ifloslanishi keskin kamaytirilishi haqida yozgandi.