
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning «Manchester Siti» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov 24-mart kuni FIFA Series musobaqasida qatnashish uchun Toshkentga yetib keldi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro mart oyidagi yig‘inga tajribali legionerlar bilan bir qatorda yangi nomlar va yosh futbolchilarni ham jalb qilgan. Xususan, Iroq chempionatida to‘purarlar qatorida borayotgan Sherzod Temirov hamda 18 yoshli «Surxon» himoyachisi Behruz Karimov tarkibga kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, 22-mart kuni Abduqodir Husanov «Manchester Siti» safida Angliya liga kubogi sohibiga aylandi. «Uembli» stadionida kechgan bahsda «shaharliklar» Mikel Arteta boshchiligidagi «Arsenal» klubidan 0:2 hisobida ustun keldi. Bu sovrin Husanov uchun Angliyadagi dastlabki yutuq hisoblanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abduqodir Husanov jahon futbolida yetarlicha e’tirof qilinmayotgan yulduzlar qatoriga kirgani haqida xabar bergan edi.