Avto

Chevrolet Aveo 2026 avtomobilining narxi arzonlashdi

Yangi Aveo hatchback to‘rtta komplektatsiyada taqdim etilgan
Chevrolet Aveo 2026 avtomobilining narxi arzonlashdi
Foto: Chevrolet

Chevrolet Aveo 2026 modeli Meksikada arzonroq narxda sotuvga chiqdi. Bu haqda GMAutority nashri xabar bermoqda.

General Motors bu qaror orqali modelning bozordagi jozibadorligini oshirmoqchi. Kompaniya savdoni ko‘paytirishni maqsad qilgan. Yangi Aveo hatchback to‘rtta komplektatsiyada taqdim etildi. Barcha versiyalar zamonaviy texnologiyalar va xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan.

Foto: Chevrolet

Avtomobil 1,5 litrli atmosferali dvigatel bilan chiqadi. Uning quvvati 98 ot kuchiga teng. Model 6 pog‘onali mexanik yoki CVT uzatma bilan taklif etiladi. Chevrolet ta’kidlashicha, hatchback sportiv dizayn va keng bagaj bilan ajralib turadi. Orqa o‘rindiqlar yig‘iladi, bu esa kundalik foydalanishda qulaylik yaratadi.

Foto: Chevrolet

Model Xitoyda ishlab chiqariladi. Uni SAIC-GM-Wuling qo‘shma korxonasi yig‘adi. Modelning boshlang‘ich LS versiyasi $14,3 mingdan sotiladi. LT varianti $16,4 ming, LT Black Edition $16,7 ming, eng yuqori LT Plus esa $18,2 mingdan taklif etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan General Motors yangi avtomobili uchun chegirma e’lon qilgani haqida yozgan edi.