Avto

Ford 250 mingdan ortiq yo‘ltanlamaslarini chaqirib olmoqda

Yangilanish dilerlar orqali yoki masofadan turib amalga oshiriladi
Ford 250 mingdan ortiq yo‘ltanlamaslarini chaqirib olmoqda / Foto: Reuters

Ford Motor kompaniyasi AQShda dasturiy ta’minotdagi nosozlik sabab 254 640 dona yo‘ltanlamas avtomobilni chaqirib olmoqchi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, muammo orqa ko‘rish kamerasining tasviri yo‘qolishiga hamda ayrim ilg‘or haydovchiga yordam beruvchi tizimlar (ADAS) ishlamay qolishiga olib kelishi mumkin. Xususan, tasvirni qayta ishlash dasturining kutilmagan qayta ishga tushishi pre-collision assist, lane-keeping assist va blind-spot monitoring kabi funksiyalarning vaqtincha o‘chib qolishiga sabab bo‘ladi.

Chaqirib olish kampaniyasi Lincoln Navigator, Lincoln Nautilus, Lincoln Aviator hamda Ford Explorer modellarini qamrab oladi. Kompaniya muammoni bartaraf etish uchun dasturiy ta’minotni yangilashni rejalashtirgan. Yangilanish dilerlar orqali yoki masofadan turib amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShda 44 mingdan ortiq Volkswagen ID.4 elektromobili chaqirib olinishi haqida yozgan edik.