Hyundai Elantra 2027 avtomobili qanday dizaynga ega — foto

24-mart 2026 17:02 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Hyundai Elantra 2027 avtomobili qanday dizaynga ega foto
Foto: Hyundai

Hyundai Elantra 2027 modelining ilk norasmiy suratlari paydo bo‘ldi. Bu avtomobil P1 bosqichidagi prototip bo‘lib, ishlab chiqarishga yaqinlashganini anglatadi.

P1 bosqichi — model sinovdan o‘tib, endi seriyali ishlab chiqarishga tayyorlanayotganini bildiradi. Bu davrda avtomobil real yo‘llarda tekshiriladi va texnik kamchiliklar aniqlanadi. Yangi Elantra dizayni sezilarli darajada yangilanadi. Kompaniya o‘zining «Sensuous Sportiness» uslubini yanada mukammallashtirmoqda.

Foto: KCB

Old qismida faralar va radiator panjarasi birlashtirilgan ko‘rinishga ega bo‘ladi. Kunduzgi chiroqlar uzun LED chiziq shaklida bo‘lishi kutilmoqda. Asosiy faralar esa pastroq joylashadi. Yon tomondan qaralganda model retro uslubga yaqinlashadi. Orqa qismida esa 3D effektli yangi yorug‘lik tizimi paydo bo‘ladi.

Salon ham tubdan o‘zgaradi. Avtomobil yangi Pleos operatsion tizimi bilan jihozlanadi. U Android asosida ishlaydi va turli ilovalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, Gleo nomli sun’iy intellekt yordamchisi ham joriy etiladi. U murakkab buyruqlarni tushunish imkoniga ega bo‘ladi. Multimedia tizimi 17 dyuymli katta ekran bilan taqdim etiladi. Asboblar paneli esa 9,9 dyuymli displeyga ega bo‘ladi.

Foto: KSB

Texnik jihatdan model gibrid tizimga urg‘u beradi. Unda 2,0 litrli yoki 1,6 litrli turbo dvigatel variantlari bo‘ladi. Gibrid versiya yangilangan platforma asosida ishlaydi. Xavfsizlik tizimlari ham kuchaytiriladi. Avtomobil Level 2.5 avtonom haydash funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Yangi Elantra 2026-yil o‘rtalarida Koreyada taqdim etilishi kutilmoqda. 2027-yilda esa global bozorda sotuvga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangilangan Hyundai Accent 2026 avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek