iPhone 17 Pro’da 400 mlrd parametrli sun’iy intellekt modeli ishga tushirildi

24-mart 2026 08:31 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: rozetked.com

Apple kompaniyasi iPhone 17 Pro smartfonida ulkan hajmdagi neyrotarmoqni ishga tushirishga muvaffaq bo‘ldi. Gap 400 milliard parametrga ega Flash-MoE modeli haqida bormoqda, deya yozadi Anemll blogi X ijtimoiy tarmog‘ida.

Loyiha vakillarining aytishicha, bunday modelning hatto siqilgan versiyasi ham kamida 200 GB operativ xotira talab qiladi. Bu esa atigi 12 GB RAM bilan jihozlangan smartfon uchun deyarli imkonsiz vazifa hisoblanadi. Shu sababli ishlab chiquvchilar noodatiy yechimdan foydalangan.

Ular modelni to‘liq xotiraga yuklash o‘rniga, qurilmaning ichki xotirasidan (SSD) foydalanib, ma’lumotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri grafik protsessorga uzatgan. Flash-MoE esa Mixture-of-Experts texnologiyasiga asoslangani bois, har bir so‘zni yaratishda barcha parametrlar emas, balki ularning faqat bir qismi ishlatiladi.

Shunga qaramay, natija hozircha amaliy foydalanish uchun yetarli emas. Qurilma sekundiga atigi 0,6 token — ya’ni taxminan har ikki soniyada bitta so‘z ishlab chiqara olgan. Bundan tashqari, bunday yuklama smartfon batareyasiga katta bosim beradi va ichki xotiraning xizmat muddatini qisqartirishi mumkin.

Bu tajriba kundalik foydalanishdan ko‘ra ko‘proq texnologik imkoniyatlarni namoyish etadi. Ya’ni zamonaviy smartfonlar hatto server darajasidagi sun’iy intellekt modellarini ham ma’lum darajada ishga tushira olishini ko‘rsatib berdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Malika» bozorida iPhone 17 modellari qanday narxda sotilayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek