Abbos Fayzullayev biz uchun katta yo‘qotish — Eldor Shomurodov

24-mart 2026 18:12 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Eldor Shomurodov / Foto: O‘FA

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinlariga tayyorgarlik doirasida yig‘inga kelib qo‘shildi. Jamoa oldida turgan muhim uchrashuvlar, tarkibdagi yo‘qotishlar va shaxsiy natijalar bo‘yicha hujumchi Eldor Shomurodov fikr bildirdi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri xabar bermoqda.

Mashg‘ulotlar yaxshi kayfiyatda boshlangan bo‘lib, barcha o‘yinchilar jamlangan. Terma jamoa yetakchilaridan biri Abbosbek Fayzullayev kichik jarohat sababli yig‘inda ishtirok etmayapti. Shomurodov bu holatni «albatta katta yo‘qotish», deb baholab, uning tez orada saflarga qaytishiga umid bildirdi.

Hujumchi Turkiya chempionatidagi o‘zining sermahsulligi pasayganiga ham to‘xtalib, har doim ham o‘yinchi xohlagandek natija bo‘lavermasligini takidladi.

«Hamma futbolchilar bilan bu holat bo‘lib turadi. Muhimi jamoaviy natija», — dedi Eldor Shomurodov.

Jamoa oldida Gabon va Venesuelaga qarshi bahslar turibdi. Ushbu uchrashuvlar Jahon chempionati oldidan muhim o‘rtoqlik uchrashuvlari sanaladi. Terma jamoa sardori tarkibga jalb qilingan yangi futbolchilarga ham to‘xtalik o‘tdi.

«Bir nechta futbolchilar jarohat olgan, shuning uchun yangi o‘yinchilar kelib qo‘shilgan. Ular uchun o‘zini ko‘rsatishga yaxshi imkoniyat», — deb ta’kidladi Shomurodov.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan milliy terma jamoaning FIFA kunlari uchun tarkibi e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek