Yangiliklar

Oltin pastladi: 24-mart uchun oltin quymalarining narxi e’lon qilindi

5 gramm oltin 9,006 mln so‘m etib belgilandi
Oltin pastladi: 24-mart uchun oltin quymalarining narxi e’lon qilindi
Foto: Depositphotos

O‘zbekistonda oltin narxi pasayishda davom etmoqda. Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 5 grammli oltin quymasi 9,006 mln so‘mga tushib, 19-martga nisbatan 774 ming so‘mga arzonlashdi. O‘sha xuddi shunday o‘lchamdagi quymaning narxi 9,78 mln so‘mni tashkil etgan edi.

Qaytarib sotib olish narxi 8,657 mln so‘mni tashkil qildi. Qadog‘i buzilgan holatda esa 8,569 mln so‘mga baholanadi. 10 gramm oltin narxi esa 18,013 mln so‘mga yetdi. Uni qayta sotish 17,313 mln so‘mni tashkil qiladi. Texnik talablarga mos kelmasa 17,138 mln so‘mga olinadi.

Jadval:

Og‘irligiSotish narxi (so‘m)Qaytarib sotib olish (qadoq but)Qaytarib sotib olish (qadoq buzilgan)
5 gramm9 006 0008 657 0008 569 000
10 gramm18 013 00017 313 00017 138 000
20 gramm36 025 00034 626 00034 276 000
50 gramm90 063 00086 566 00085 691 000
100 gramm180 126 000173 131 000171 382 000

Oltin narxi global bozorda ham pasayishda davom etmoqda. Goldprice.com ma’lumotiga ko‘ra, 23-mart kuni 1 unsiya oltin narxi $4,1 minggacha pasaydi. Ayni paytda ushbu qimmatbaho metall narxi $4,38 mingga teng.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonda zargarlik sanoati 3,3 karra o‘sib, 13 trln so‘mdan oshgani haqida yozgan edi.