Samsung Galaxy A37 va A57 smartfonlarining narxi e’lon qilindi

24-mart 2026 08:28 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy A37 va A57 smartfonlarining narxi e’lon qilindi
Foto: Notebookcheck

Samsung Galaxy A37 va Samsung Galaxy A57 smartfonlarining narxlari rasmiy taqdimotidan oldin oshkor etildi. Bu haqda Vodafone South Africa ma’lum qilmoqda.

Ma’lumotlarda dizayn, xususiyatlar va narxlar ko‘rsatilgan. Rasmiy taqdimot 25-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Galaxy A37 uch rangda taqdim etiladi. Ular Dark Green, Gray va Light Violet ranglaridir. 8/256 GB xotirali versiya $445 etib belgilangan.

Ushbu model 50, 8 va 5 MP kameralar bilan jihozlanadi. Batareya sig‘imi 5000 mA/soatni tashkil etadi. 45 Vt tezkor quvvatlash qo‘llab-quvvatlanadi.

Galaxy A57 esa Dark Blue va Gray ranglarda chiqadi. 8/256 GB varianti $595 deb baholangan. Smartfon 120 Hz yangilanish chastotasiga ega AMOLED ekran oladi. Batareya ham 5000 mA/soatni tashkil etadi. Kamera tizimi 50, 12 va 5 MP sensorlardan iborat.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S26 Ultra egalariga $250 gacha kompensatsiya taklif qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek