Smart katta modellari bilan qiynalmoqda: yechim qanday

24-mart 2026 16:47 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Smart katta modellari bilan qiynalmoqda: yechim qanday
Foto: Smart

Smart Xitoy bozorida yirik modellari bilan kutilgan natijaga erisha olmayapti. CarNewsChina xabariga ko‘ra, sotilmay qolgan Smart avtomobillari endi katta chegirmalar bilan realizatsiya qilinmoqda.

So‘nggi bir yil ichida brend qariyb 30 mingta avtomobil sotgan. Shundan asosiy ulush kichik Smart #1 modeliga to‘g‘ri kelgan. U umumiy savdoning 64 foizini tashkil etgan. Kattaroq Smart #3 va Smart #5 modellari esa ancha past natija ko‘rsatgan. Ayniqsa, flagman #5 modeliga talab sust bo‘lib qolmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi Smart #5 avtomobillari ishlatilgan mashinalar platformalarida sotilmoqda. Ular rasmiy narxdan 100 ming yuanga arzon taklif qilinmoqda.

Foto: Smart

Masalan, rasmiy narxi 269,9 ming yuan ($39,1 ming) bo‘lgan model 169,8 ming yuangacha ($24,6 ming) tushgan. Bu taxminan 100 ming yuan ($14,5 ming) chegirma degani. Ekspertlar bunga asosiy sabab sifatida brend strategiyasini ko‘rsatmoqda. Smart an’anaviy kichik shahar avtomobillaridan yirik modellarga o‘tishga harakat qilmoqda. Ammo xaridorlar hali bu yo‘nalishni qabul qilmayapti.

Shu bilan birga, kompaniya yanada kattaroq model — Smart #6 ustida ishlamoqda. U uzunligi 5 metrga yaqin bo‘lgan sedan bo‘ladi.

Yangi model Tesla Model 3 va Xiaomi SU7 bilan raqobatlashadi. Bu segmentda esa raqobat juda kuchli. Qizig‘i, kompaniya yana kichik avtomobillarga qaytishni ham rejalamoqda. Yaqinda ikki o‘rinli Smart #2 modeli taqdim etilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi Smart #5 EHD avtomobili haqida yozgan edi.

Shuningdek