
Tesla kompaniyasi AQShning sharqiy sohilida o‘zining birinchi V4 Supercharger tezkor zaryadlash stansiyasini ishga tushirdi. Bu haqda Teslarati nashri ma’lum qildi.
Ushbu stansiya elektromobillarni tez va samarali zaryadlash imkoniyatini taqdim etadi va kompaniyaning tarmoqdagi quvvat infratuzilmasini kengaytirish strategiyasining bir qismi hisoblanadi.
Stansiyada sakkiz zaryadlash joyi mavjud bo‘lib, zamonaviy V4 quvvat tizimi bilan jihozlangan. Tizim maksimal 1,2 MVt quvvatga ega bo‘lib, har bir avtomobilga 500 kVtgacha energiya yetkazib bera oladi. Shu tariqa, u AQShda ishlayotgan to‘liq 500 kVt quvvatli V4 stansiyalaridan biri sifatida e’tirof etiladi.
Tesla egalariga tig‘iz vaqtda (soat 8:00 dan yarim tungacha) 1 kVt/soat uchun $0,40, tunda esa (yarim tun dan 8:00 gacha) $0,20 narx belgilanadi. Boshqa markadagi elektromobillar uchun esa NACS portlariga ulanish imkonini beruvchi ochiq standart tufayli tig‘iz vaqtlarda 0,56 dollar/kVt va tunda 0,28 dollar/kVt to‘lov qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla’ning Cybertruck AWD modeli narxi qisqa vaqt ichida salkam 20 foizga oshgan edi.