
Toshkent shahrida bugun, 24-martdan 1-maygacha magistral issiqlik tarmoqlarini yuqori bosim ostida sinovdan o‘tkazish ishlari boshlanadi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi xabar berdi.
Ishlar davomida tarmoqlarning mexanik mustahkamligi va zichligi tekshiriladi, bu esa isitish mavsumiga tayyorgarlik va qishda barqaror issiqlik yetkazib berishni ta’minlashga qaratilgan.
Sinovlar natijasida 24 – 31-mart kunlari qisqa muddatli issiq suv uzilishi mumkin. 1-aprel – 1-may kunlari davomida esa issiq suvni uzmasdan o‘tkaziladi.
Haydovchilar, piyodalar va aholi ehtiyot choralariga rioya qilishi tavsiya etiladi. Tumanlar bo‘yicha manzillar va aniq sanalar bilan shu havola orqali tanishish mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda rejali asosda sovuq suv oʻchirilishi haqida yozgandi.