
Volkswagen kompaniyasi batareya modullari bilan bog‘liq muammolar sabab deyarli 100 ta elektromobilini chaqirib oladi. Shundan taxminan 28 mingtasi Germaniyada, deya xabar bermoqda Reuters.
Chaqirib olishlar Volkswagen’ning ID. seriyasiga tegishli deyarli 75 mingta avtomobil va 2022-yil fevralidan 2024-yil avgustigacha ishlab chiqarilgan deyarli 20 mingta Cupra Born modellarini qamrab oladi. Ma’lum qilinishicha, yuqori kuchlanishli batareyadagi modullar spetsifikatsiyalarga mos kelmasa, batareya quvvati kamayishi va yong‘in xavfi yuzaga kelishi mumkin.
Kompaniya muammoni bartaraf etish chorasi sifatida chaqirilgan avtomobillarda dasturiy ta’minot yangilanishini amalga oshiradi. Bunda yuqori kuchlanishli batareyani tekshiradi va zarur bo‘lsa, batareyaning individual modullarini almashtiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ford 250 mingdan ortiq yo‘ltanlamaslarini chaqirib olishi haqida yozgan edik.