
2025-yilda O‘zbekistonda yangi uy-joylar qurilishi hajmi oshib, foydalanishga topshirilgan xonadonlar soni 3,6 foizga oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yil davomida jami 69,1 mingta xonadon foydalanishga topshirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 2,4 mingtaga ko‘pdir.
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Namangan viloyatida qayd etilgan — 10,8 mingta xonadon. Shuningdek, Toshkent viloyatida 6,7 mingta, Surxondaryo viloyatida 6,1 mingta xonadon foydalanishga topshirilgan.
Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich 5,9 mingtadan, Buxoro viloyatida 5,6 mingta, Andijon viloyatida 4,8 mingta xonadonni tashkil etgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4,6 mingta, Qashqadaryo viloyatida 4,1 mingta, Samarqand viloyatida 3,5 mingta xonadon foydalanishga topshirilgan.
Shuningdek, Jizzax va Navoiy viloyatlarida 2 mingta, Sirdaryo viloyatida esa 0,6 mingta xonadon foydalanishga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ko‘p xonadonli uylarni boshqarish «Mening uyim» tizimi orqali amalga oshirilishi haqida yozgan edik.