Buyuk Britaniyada 8-apreldan boshlab viza narxlari oshiriladi

eʼlon qilindi
Qisqa muddatli sayohat vizasi narxi 135 funt ($171)ga, doimiy yashash ruxsatnomasi esa 2064 funt ($2621)ga ko‘tarildi
Foto: hotcoursesabroad.com

Buyuk Britaniyada 2026-yilning 8-aprelidan boshlab qator viza turlari va immigratsiya xizmatlari uchun to‘lovlar miqdori oshiriladi. Tariflarning o‘zgarishi qisqa va uzoq muddatli sayohat, tranzit hamda yashash huquqini beruvchi vizalarni qamrab oladi.

Yangi tariflarga ko‘ra, olti oygacha bo‘lgan qisqa muddatli tashrif vizasi narxi 8 funt ($10)ga qimmatlab, 135 funt ($171) etib belgilandi. Ikki yillik viza uchun to‘lov 475 funt ($603)dan 506 funt ($643)ga, o‘n yillik viza uchun esa 1059 funt ($1345)dan 1128 funt ($1433)ga ko‘tarildi. Olti oydan bir yilgacha bo‘lgan muddatga keluvchi akademiklar uchun viza narxi 220 funt ($279)dan 234 funt ($297)ga oshirilgan.

Shuningdek, Elektron sayohat ruxsatnomasi narxi 16 funt ($20)dan 20 funt ($25)ga oshdi. Buyuk Britaniyada doimiy yashash huquqini olish, ya’ni Route to Settlement to‘lovi 126 funt ($160)ga o‘sib, 2064 funt ($2621) etib belgilandi. Qarindoshlar uchun yashash huquqini olish to‘lovi 222 funt ($282)ga qimmatlab, 3635 funt ($4616)ga yetgan.

Tranzit vizalari narxlarida ham o‘zgarishlar mavjud bo‘lib, havo va quruqlik orqali tranzit vizalari mos ravishda 41,50 funt ($53) va 74,50 funt ($95) etib belgilandi. Ammo ba’zi xizmatlar, jumladan, Biometrik yashash ruxsatnomasi (BRP)ni almashtirish 154 funt ($196) va ma’muriy ko‘rib chiqish 80 funt ($102) kabi to‘lovlar o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Janubiy Koreya yo‘l qurilish mutaxassislarini ishga taklif qilayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek