Avto

Chevrolet Cobalt narxidagi bir kishilik avtomobil taqdim etildi

Myli mikrokarlari
Foto: media.ligier.fr

Fransiyaning Ligier kompaniyasi 2026-yil uchun yangi Myli mikrokarlari qatorini taqdim etdi. Ushbu shahar avtomobili dastlab Italiya bozorida sotuvga chiqadi. Bu haqda Speedme.ru nashri xabar berdi.

Yangi model Myli Lab va Myli Max versiyalarida taklif etiladi. Myli Lab dizayn va texnologiyaga urg‘u berib, Co-Lab orqali avtomobilni shaxsiylashtirish imkonini beradi. Shuningdek, unda planshet asosidagi multimedia tizimi bo‘lib, Apple CarPlay va Android Auto qo‘llab-quvvatlanadi.

Myli Max esa amaliy foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Flex IT tizimi orqali o‘rindiq buklanadi va yuk hajmi 1,2 kub metrgacha kengayadi. Bu esa 1,5 metrgacha bo‘lgan buyumlarni tashish imkonini beradi.

Avtomobil elektr va dizel variantlarda taqdim etiladi. Elektr versiyalari 63 km va 159 kmgacha yuradi, dizel varianti esa 550 kmgacha masofa bosib o‘tadi va kam yoqilg‘i sarfi bilan ajralib turadi.

Modelning boshlang‘ich narxi taxminan $12 ming atrofida. Dizel versiya 2026-yil fevraldan, elektr variantlar esa yilning ikkinchi choragidan sotuvga chiqadi. Buyurtmalar allaqachon ochilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Trailblazer 2026 avtomobili sotuvga chiqqani haqida yozgandi.