Avto

Luxeed R7 va S7 modellarining yangi versiyasini taqdim etdi

Narxi 29,7 ming yevrodan boshlanadi
Luxeed R7 va S7 modellarining yangi versiyasini taqdim etdi / Foto: Luxeed

Luxeed kompaniyasi R7 va S7 modellarining yangi versiyalarini taqdim etdi. Yangilanishlar Huawei va Chery hamkorligida amalga oshirildi.

Foto: Luxeed

Narx va texnologiyalar

Yangi Luxeed S7 sedani taxminan 29,7 ming yevrodan boshlanadi, Luxeed R7 esa taxminan 32,2 ming yevrodan sotuvga chiqarildi. Har ikki model avvalgisidan $1450 ming qimmatroq. Ushbu narx oshishi avtomobillarga o‘rnatilgan 896 kanalli LiDAR sensorlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular atrof-muhitni yuqori aniqlikda tahlil qiladi va xavfsizlik hamda yarim avtonom boshqaruv imkoniyatlarini kengaytiradi.

Foto: Luxeed

Dizayn va yangi ranglar

Yangilangan modellar yangi rang variantlari bilan taqdim etildi: Luxeed S7 uchun binafsha, Luxeed R7 uchun esa to‘q sariq rang. Ushbu ranglar avtomobillarga yanada zamonaviy ko‘rinish berib, ayniqsa yosh haydovchilarning e’tiborini jalb qilishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMW i3 yangi elektromobili taqdim etilgani haqida yozgan edik.