Markaziy bank fevral oyida 11 ta bankka nisbatan jarima qo‘lladi

eʼlon qilindi
14 ta bank va 4 to‘lov tashkiloti ogohlantirildi
Markaziy bank
Markaziy bank fevral oyida 11 ta bankka nisbatan jarima qo‘lladi / Foto: Markaziy bank matbuot xizmati

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi 2026-yil fevral oyida 7 marotaba yig‘ilish o‘tkazib, banklar, kredit va to‘lov tashkilotlari faoliyatiga oid jami 43 ta masalani ko‘rib chiqdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yig‘ilishlarda asosan ro‘yxatga olish va ruxsat berish masalalari, banklar va kredit tashkilotlarining moliyaviy holati, prudensial me’yorlar va Markaziy bank ko‘rsatmalariga rioya qilinishi, inspeksiya tekshiruvlari natijalari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, bank va to‘lov tashkilotlarida kiberxavfsizlik talablari hamda «tartibga solish qumdoni» doirasidagi sinov jarayonlari muhokama qilingan.

Aniqlangan kamchiliklar asosida 11 ta bankga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanilgan, 14 ta bank va 4 ta to‘lov tashkiloti esa chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Shuningdek, 8 ta bankga moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash orqali foydani taqsimlamaslik talabi belgilangan va makroprudensial buferlarni shakllantirish topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekistonda bank kartalari soni qariyb 15 foizga oshgani haqida yozgan edik.

Shuningdek