Sport

Muhammad Saloh mavsum yakunida «Liverpul»dan ketadi

Misrlik hujumchi klubdagi 9 yillik faoliyatidan so‘ng jamoa bilan xayrlashadi
Foto: Liverpoolfc.com

Muhammad Saloh 2025/26-yilgi mavsum oxirida «Liverpul» klubini tark etadi. Hujumchi va klub o‘rtasida «Enfild»dagi uzoq yillik hamkorlikni yakunlash bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Foto: Liverpoolfc.com

Futbolchi 24-mart kuni Instagram sahifasida klubdan ketishini bildirib post joyladi. Saloh 2017-yilning yozida Italiyaning «Roma» klubidan transfer qilingan edi. 11-raqam egasi klub tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan biriga aylandi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/03/video_2026-03-25_10-24-50.mp4
Muhammad Saloh / Instagram

Misrlik hujumchi jamoa bilan Chempionlar ligasi, ikki marta Premyer-liga, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, UEFA Superkubogi, Angliya kubogi va 2 ta Liga kubogini yutishga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: Liverpoolfc.com
Foto: Liverpoolfc.com
Foto: Liverpoolfc.com
Foto: Liverpoolfc.com

Hozirgi kunga qadar hujumchi 435 ta o‘yinda maydonga tushib, 255 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich bilan u klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 3-o‘rinni egallab turibdi. Shuningdek, futbolchi faoliyati davomida 4 marta Premyer-liganing «Oltin butsa» mukofotini va ko‘plab shaxsiy yutuqlarni qo‘lga kiritgan.

Foto: Liverpoolfc.com

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Vulverhempton» o‘z maydonida «Liverpul»dan ustun kelgani haqida xabar bergan edi.