
Neuralink kompaniyasi og‘ir nutq buzilishlariga ega bemorlar uchun gapirish imkoniyatini qaytaruvchi Voice texnologiyasini klinik sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda Ilon Mask X’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mazkur texnologiya miya buyruqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sintezlangan nutqqa aylantirish imkonini beradi va bemorlarning nutqi mustaqilligini oshirishga xizmat qiladi.
Sinovlarda ishtirok etayotgan bemorlardan biri Kennet Shok «miya-kompyuter» interfeysidan foydalanadi. Jismonan gapira olmay qolgan Kennetning miyasi buyruqlarni shakllantirishni davom ettiradi va implant ularni real vaqt rejimida nutqqa aylantiradi. Voice texnologiyasi ilgari fikr kuchi bilan kursorni boshqarishga qaratilgan tadqiqotlarni davom ettiradi, lekin yangi tizim neyron signallarini fonemalar darajasigacha dekod qilib, to‘liq nutq hosil qiladi.
N1 implant va R1 tizimi FDA tomonidan «Breakthrough Device» (inqilobiy qurilma) maqomiga ega bo‘lib, og‘ir nutq buzilishlariga ega bemorlar uchun xavfsizlik va samaradorlikni tezroq tekshirish imkonini beradi. Voice texnologiyasi mushaklarning asta-sekin susayishi dababli harakat va nutq qobiliyatining yo‘qolishi, insult, orqa miya jarohatlari hamda boshqa nevrologik kasalliklarga chalingan bemorlarga mustaqil hayot kechirish va to‘liq muloqot qilish imkoniyatini qaytaradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maskning 20 yil ichida Tesla ishlab chiqarilishini Oyga ko‘chirmoqchi ekanligi haqida xabar qilgan edik.