Avto

Nio ES9 avtomobili qanday dizaynga ega bo‘ladi

Model boshlang‘ich narxi taxminan 500 ming yuan ($72,6 ming) atrofida bo‘lishi kutilmoqda
Nio ES9 avtomobili qanday dizaynga ega bo‘ladi
Foto: Weibo

Xitoyning Nio kompaniyasi yangi Nio ES9 modelini taqdimotga tayyorlamoqda. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda. Model yetkazib berilishi 1-iyundan boshlanishi kutilmoqda.

Yangi ES9 brend tarixidagi eng yirik elektro-krossover bo‘ladi. Uning uzunligi 5365 mm, eni 2029 mm va balandligi 1870 mm. G‘ildirak bazasi esa 3250 mmni tashkil etadi. Dizayn Nio‘ning so‘nggi uslubida bajarilgan. Old qismda keskin chiziqlar va ajratilgan faralar mavjud. Tom qismida LiDAR joylashgan.

Foto: Weibo

Model eng ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlanadi. Ular orasida steer-by-wire tizimi, to‘liq pnevmatik osma va orqa g‘ildiraklarni boshqarish funksiyasi bor. Avtomobil uchta LiDAR sensori va kompaniyaning o‘z chipi bilan ishlaydi. Texnik jihatdan ES9 ikki elektromotorli to‘liq yuritmaga ega. Umumiy quvvat 520 kVt yoki 697 ot kuchiga teng. Maksimal tezlik 220 km/soatni tashkil etadi.

Batareya sig‘imi 102 kVt/soat bo‘lib, bir zaryad bilan 580–620 km yurish imkonini beradi. Model 3 daqiqalik batareya almashtirish texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Salon 6 yoki 7 o‘rindiqli variantlarda taklif qilinadi. Avtomobil og‘irligi qariyb 2,9 tonnaga teng.

Foto: Weibo

Model boshlang‘ich narxi taxminan 500 ming yuan ($72,6 ming) atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Nio ES9 avtomobili qachondan yetkazib berilishi haqida yozgan edi.