Nio Firefly avtomobili sotuvga chiqdi — narx, foto

25-mart 2026 09:46 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Nio Firefly avtomobili sotuvga chiqdi — narx, foto
Foto: thansettakij

Nio kompaniyasi Nio Firefly elektrokarining o‘ng rul versiyasini Tailand bozorida rasman taqdim etdi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda. Model narxi 799 ming bat ($24,5 ming) etib belgilangan.

Firefly shahar avtomobili segmentiga mo‘ljallangan. Uning uzunligi 4003 mm, eni 1781 mm va balandligi 1557 mmni tashkil etadi. G‘ildirak bazasi 2615 mm.

Foto: thansettakij

Model orqa g‘ildirakdan tortuvchi tizimga ega. Elektromotor quvvati 105 kVt yoki 141 ot kuchi. Maksimal moment 200 Nmga teng. Avtomobil 42,1 kVt/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan. WLTP standarti bo‘yicha 330 km, NEDC bo‘yicha esa 400 kmgacha yuradi. 0 dan 100 km/soat tezlikka 8,1 soniyada chiqadi.

Zaryadlash tezligi 100 kVtgacha yetadi. Batareya 10 foizdan 80 foizgacha 30 daqiqada to‘ldiriladi. Model V2L funksiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: thansettakij

Salon zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. 6 dyuymli panel va 13,2 dyuymli markaziy ekran mavjud. Old o‘rindiqlarda massaj va sovitish funksiyasi bor. Audiotizim 14 ta karnayga ega.

Avtomobil L2 darajadagi haydovchi yordam tizimlari bilan jihozlangan. Ular orasida avtomatik parkovka va adaptiv kruiz nazorati mavjud. Firefly modeli hozirda Bangkok avtosalonida namoyish etilmoqda. Sotuv va tarqatish bilan Thonburi Group shug‘ullanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Nio ES9 avtomobili qanday dizaynga ega bo‘lishi haqida yozgan edi.

Shuningdek