Toshkent viloyatida maishiy chiqindilarni olib chiqish tariflari 1-apreldan oshadi

Toshkent viloyatida maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmatlari uchun yangi tariflarni tasdiqladi. Yangi tariflar 1-apreldan kuchga kiradi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi qarori qabul qilindi.
Yangi tariflar:
- Jismoniy shaxslar uchun bir kishiga oylik chiqindi xizmati: 7 ming so‘mdan 9,7 ming so‘mgacha (QQS bilan 10,8 ming so‘m) oshadi;
- Yuridik shaxslar uchun 1 m³ chiqindi: 74 ming so‘mdan 86,9 ming so‘mgacha (QQS bilan 97,3 ming so‘m) oshadi;
- 1 tonna qattiq maishiy chiqindini olib chiqib, chiqindi poligon yoki qayta yuklash stansiyasiga yetkazish uchun to‘lov: 431 ming so‘m (QQS bilan 482,8 ming so‘m).
Avvalroq Kursiv Uzbekistan endilikda chiqindi uchun haq faqat amalda ko‘rsatilgan xizmatga qarab olinishi haqida yozgandi.
Yangi mexanizm bilan aholi istalgan vaqtda va istalgan joydan to‘lovni amalga oshirishi, cheklarni elektron shaklda yuklab olishi mumkin. Mablag‘lar bevosita davlat nazoratidagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining maxsus hisob raqamiga yo‘naltiriladi. Keyinchalik operatorlarga haq mahallalardan olib chiqilgan chiqindi hajmi va maxsus texnikaning bosib o‘tgan kilometri asosida to‘lanadi, ya’ni pul faqat real xizmat uchun ishlatiladi.